Hamkorlik dasturi

AliPos bilan hamkor bo‘ling

Restoran va kafe bizneslarini avtomatlashtirishda ishtirok eting va o‘zingiz uchun yangi daromad imkoniyatlarini yarating.

IT mutaxassismisiz?Restoran sohasida ishlaysizmi?Sotuv bilan shug‘ullanmoqchimisiz?AliPos’ga mos restoranni bilasizmi?

Nega AliPos

Siz noldan boshlamaysiz

AliPos — restoran va kafelarni avtomatlashtirish uchun tayyor yechim. Mahsulot, texnik tayanch va o‘qish tayyor — sizdan mijoz va natija.

Tayyor mahsulot

Mahsulotni noldan yaratish shart emas — tizim sotishga tayyor.

Texnik tayanch

AliPos’ning texnik imkoniyatlari va autsors hamkorlar tarmog‘i mijoz bilan ishlashda yordam beradi.

Butun O‘zbekiston

Bir shaharda turib boshqa hududlarga soting — o‘rnatishni joydagi autsors hamkor bajaradi.

O‘sish yo‘li

Autsors o‘rnatuvchi → diler → hududiy eksklyuziv hamkor.

Uzoq muddatli daromad

Diler va restorator/texnolog mijoz faol ekan daromad oladi.

1 · Autsors o‘rnatuvchi

O‘rganing. O‘rnating. Daromad qiling.

Autsors o‘rnatuvchilar restoran va kafelarda AliPos’ni o‘rnatadi, ishga tushiradi va mijozga dasturdan foydalanishni o‘rgatadi.

Kimga mos: IT’ga qiziqadigan, kompyuter va tarmoqlar bo‘yicha bazaviy tushunchaga ega, restoran biznesi bilan ishlashni xohlaydiganlarga.

450 000 so‘mdan

har bir o‘rnatish uchun. Ish hajmi va qo‘shimcha xizmatlarga qarab daromad oshadi.

+1 oylik tarif

bonus — yangi mijozni AliPos’ga olib kelsangiz va u birinchi oyni to‘lasa.

To‘rt qadam — o‘qishdan birinchi daromadgacha

01

AliPos Academy’da o‘qing

Video darslar orqali dastur va ishlash tartibini o‘rganing.

02

Testlardan o‘ting

Bilimingizni tekshiring va keyingi bosqichga o‘ting.

03

Samarqandda 5 kun

Suhbat va amaliy imtihon. Samarqandga borish xarajatlari nomzodning o‘zidan.

04

Hamkor sifatida ishlang

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzod AliPos’ning autsors hamkori bo‘ladi.

Sifatli o‘rnatish, yaxshi servis va yangi mijozlar — AliPos dileri darajasiga yo‘l.

2 · AliPos dileri

Mijozlar ko‘paygan sari ulushingiz o‘sadi

Diler AliPos’ni professional sotadi, yangi mijozlarni jalb qiladi va o‘z mijozlar bazasini rivojlantiradi.

Kim diler bo‘lishi mumkin

  • POS tizimlari bilan ishlagan mutaxassis
  • Restorator
  • Restoran texnologi
  • Restoran va kafe sohasida tajribali mutaxassis
  • Kamida 10 ta restoran yoki kafe bilan ishlash tajribasi bor nomzod

Tajriba kamroq, lekin sotuv qobiliyati yuqori bo‘lsa ham ariza bering: AliPos Academy’da o‘qib, testlardan o‘tasiz va Samarqandda suhbat hamda amaliy imtihonda o‘zingizni ko‘rsatasiz.

Diler ulushi

Ulush har bir mijozingiz bo‘yicha AliPos haqiqatda qabul qilgan to‘lovlardan hisoblanadi.

30 %1–10
35 %11–24
40 %25–35
45 %36–49
50 %50+

Diler daromadi kalkulyatori

Sizning ulushingiz35 %
Oyiga—
Yiliga—

Taxminiy hisob: barcha mijozlar tanlangan tarifni to‘liq to‘laydi deb olingan. O‘rnatishdan daromad bunga kirmaydi.

Faqat ulush emas

O‘rnatishdan daromad

O‘rnatish narxini mijozga o‘zingiz belgilaysiz — daromad sizda qoladi (AliPos narx siyosati va qoidalari doirasida).

Butun O‘zbekiston bo‘ylab

Toshkentdagi diler Namangandagi restoranni olib keldi — o‘rnatishni joydagi autsors hamkor reglament asosida bajaradi. U diler va mijoz kelishuviga, narxlarga aralashmaydi. Mijoz sizda qoladi.

O‘z hamkorlar tarmog‘ingiz

Boshqa diler, texnolog yoki restoratorni AliPos’ga hamkor sifatida olib kelsangiz — kompaniyadan qo‘shimcha bonus.

100+

aktiv mijoz — dilerlikning yangi darajasi

Hududiy eksklyuzivlik

100 va undan ortiq aktiv mijozga yetgan diler uchun hudud xususiyatlari va natijalarga qarab ko‘rib chiqiladi. Hudud katta va mijozlar bazasi barqaror bo‘lsa — eksklyuzivlik berilishi mumkin.

Muddatsiz dilerlik

Shartnoma dastlab 2 yilga tuziladi. 100+ aktiv mijoz va shartnoma talablariga rioya qilinsa — muddatsiz hamkorlikka o‘tish imkoniyati.

Shartnoma shartlari jiddiy buzilsa, qo‘pol muomala yoki shartnomada ko‘rsatilgan boshqa asoslar bo‘lsa, dilerlik munosabatlari qayta ko‘rib chiqilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

3 · Restorator va texnolog

Bir marta tavsiya qiling — ikki yil daromad oling

Kamida 2 ta restoran yoki kafe bilan ishlaydigan restoratorlar, restoran texnologlari, maslahatchilar va mutaxassislar uchun.

Talab qilinmaydi: o‘rnatish, to‘liq sotuv jarayoni va texnik xizmat — bularni AliPos va hamkorlari bajaradi.

Vazifangiz: restoranni AliPos bilan qiziqtirib, AliPos’ga olib kelish.

30 %

mijozning oylik to‘lovidan — 2 yil davomida

+3 oylik to‘lov

miqdorida bir martalik bonus

4 · Referal hamkor

Tanish restoranni tavsiya qiling — 1 oylik tarif miqdorida bonus oling

1 daqiqada ro‘yxatdan o‘ting va shaxsiy promokod hamda Telegram-bot oling. IT, sotuv yoki restoran tajribasi shart emas.

1

Ro‘yxatdan o‘ting

Saytda yoki botda. Promokodingiz — ismingiz: masalan, AKMAL.

2

Restoranni yo‘naltiring

Kontaktni bot orqali yuboring yoki restoran ulanishda kodingizni aytsin. Havola va QR-kod ham bor.

3

Kuzatib boring

Botda har bir restoranning bosqichi, menejer izohlari va har dushanba hisobot.

4

Bonus oling

Restoran AliPos mijozi bo‘lib, birinchi oyni to‘lagach — sizga 1 oylik tarif miqdorida bonus.

1 oylik tarif

sizga — har bir yangi mijoz uchun bonus

+1 oy bepul

restoranga — kodingizni aytgani uchun sovg‘a

10 ta mijozdan keyin — diler10 ta restoran mijoz bo‘lgach, dilerlikka o‘tishingiz mumkin: bir martalik bonus o‘rniga mijozlaringizning har oylik to‘lovidan 30–50 %.

Qancha olasiz — hisoblang

Bir martalik bonus—
Restoranlar oladihar biriga 1 oy bepul
—Diler haqida

Bonus bir martalik: har bir restoran uchun uning 1 oylik tarifi, restoran birinchi oyni to‘lagandan keyin. Taxminiy hisob: qo‘shimcha terminal va modullar bilan tarif to‘lovi kattaroq.

Botda hammasi bor

  • ➕ Restoran kontaktini 1 daqiqada yuborish
  • 📊 Hisobot: bosqichlar, rad etish sababi, menejer izohlari
  • 🔔 Uchrashuv, mijoz bo‘ldi, bonus — darhol xabar
  • 🎁 Promokod, havola va QR-kartochka — restoranga yuborish uchun
  • 💰 Bonuslar holati va karta raqami
  • 🗓 Har dushanba haftalik hisobot
Bir xil ismli hamkorlar bo‘lsa-chi?

Birinchisi AKMAL, keyingisi familiyaning birinchi harfi bilan — AKMALS, keyin AKMAL2. Restoran sizni kod bo‘yicha ajratadi. Xohlasangiz, botda o‘z kodingizni tanlaysiz (masalan AKMALSHEF).

Restoran allaqachon AliPos bilan gaplashayotgan bo‘lsa?

Restoran bilan menejerlar allaqachon ishlayotgan bo‘lsa yoki u mijozimiz bo‘lsa, kontakt hisobga olinmaydi — bot buni darhol aytadi.

Bonus qachon to‘lanadi?

Restoran mijoz bo‘lib, birinchi oyni to‘lagandan keyin. Bot karta raqamingizni so‘raydi, menejer bonusni o‘tkazadi va bot xabar beradi.

Restoran kodimni qayerda aytadi?

Menejerga qo‘ng‘iroqda, saytdagi ariza formasidagi «Promokod» maydonida yoki havolangiz / QR-kodingiz orqali ariza qoldiradi.

Referaldan dilerga qanday o‘tiladi?

Kamida 10 ta restoraningiz AliPos mijozi bo‘lsa, dilerlikka ariza berasiz: AliPos School, test va Samarqandda suhbat. Diler mijozlarining har oylik to‘lovidan 30–50 % oladi.

Referal kodni hozir oling

Ism va telefon raqamini to‘liq yozing.

Yoki botda ro‘yxatdan o‘ting · @AliposReferral_Bot

Pul bonusi restoran yoki biznes egasi bo‘lmagan jismoniy shaxslarga beriladi. Restoran egalari ham ishtirok eta oladi — shartlari ariza bosqichida aniqlashtiriladi. Kamida 2 ta restoran bilan professional ishlasangiz, «Restorator / texnolog» dasturi siz uchun.

Sizga qaysi biri mos?

Men…

O‘sish yo‘li

Hamkorlik bir joyda to‘xtab qolmaydi

Autsors o‘rnatuvchi

O‘rnatish, yangi mijozlar, tajriba va obro‘

Diler

O‘z mijozlar bazangiz va to‘lovlardan 30–50 %

Hududiy eksklyuziv hamkor

100+ mijoz — eksklyuzivlik va muddatsiz shartnoma ko‘rib chiqiladi

AliPos Academy

O‘qish — bepul va onlayn

Autsors o‘rnatuvchilar va diler nomzodlari AliPos Academy’da tayyorlanadi: o‘rnatishdan tortib ombor, soliq integratsiyasi va QR menyugacha.

  • Video darslar va qo‘llanmalar
  • Har darsdan keyin test
  • Mentor tekshiradigan topshiriqlar
  • Yakuniy imtihon va sertifikat
5kurs
57dars

Hamkor bo‘lish

Hamkorlikni bugun boshlang

Yo‘nalishni tanlang, ariza qoldiring — siz bilan bog‘lanamiz.

  1. 1Yo‘nalishni tanlang
  2. 2Ariza qoldiring
  3. 3Siz bilan bog‘lanamiz
Hamkorlik turi

Telefon raqamini to‘liq kiriting

  1. 1Video
  2. 2Ariza
  3. 3Onlayn demo
Restoraningizda ham shunday ishlasinmi?