Yangiliklar · 28-oktabr, 2026
AliPos Web yangi dizaynda va egasi uchun hisobot: butun smena bitta sahifada
Boshqaruv paneli yangi dizaynda, egasi uchun hisobot qo'shildi: tushum, foyda, fudkost va pul yo'qolishi mumkin bo'lgan «Shubhali joylar».

AliPos Web'da boshqaruv paneli yangi dizaynga o'tdi va egasi uchun hisobot qo'shildi. Unda butun smena bitta sahifada. Endi zavedeniye qancha ishlaganini va pul qayerda yo'qolishi mumkinligini bilish uchun bir nechta hisobotni ochib o'tirish shart emas.
Egasi uchun hisobot: smena haqida eng muhimi
Hisobotda smenaning asosiy ko'rsatkichlari jamlangan: tushum, yalpi foyda va marja, tannarx va fudkost, o'rtacha chek va pul natijasi. Hisobotni chop etish yoki PDF'ga saqlash mumkin. Masalan, sherigingizga yuborish yoki hujjatlarga qo'shib qo'yish uchun.

«Shubhali joylar»: avval nimani tekshirish kerak
Hisobot nimaga e'tibor berish kerakligini o'zi ko'rsatadi. Bular zavedeniyeda pul ko'pincha sezilmay ketadigan joylar:
- yopilmagan va uzoq vaqt ochiq turgan buyurtmalar;
- kim eng ko'p bekor qilgani;
- mahsulot hisobdan chiqarilmagan bekor qilishlar;
- 30 kundan ortiq inventarizatsiya qilinmagan ombor;
- yopilmagan smena.
Bunday holatlarni turli hisobotlardan qo'lda qidirish shart emas. Egasi uchun hisobotni ochib, ro'yxatni ko'zdan kechirsangiz kifoya.

Yana nimalar o'zgardi
- Hisobotlarda tezkor davr. 1k, 7k, 15k va Oy tugmalari bilan davrni bir bosishda tanlaysiz.
- Menyu tartibi. Kategoriya va taomlarni sichqoncha bilan surib joylashtirasiz, ustuvorlikni qo'lda kiritish shart emas.
- Kirim. Oxirgi kirim narxi avtomatik qo'yiladi, shuning uchun mahsulotni kirim qilish tezlashdi.
- Yangi dizayn. AliPos Web boshqaruv paneli butunlay yangilandi.

Qayerdan topish mumkin
Yangilanish AliPos Web'da allaqachon ishlayapti. Skrinshotli yo'riqnomalar bilimlar bazasining «Hisobotlar va moliya» bo'limida: wiki.alipos.uz/uz/alipos-web/otchety-i-finansy.
