Yangiliklar · 2-mart, 2026

AliPos-dagi yangiliklar: Ombor uchun kengaytirilgan tarix, nimtalash dalolatnomasi va markirovkani tekshirish

AliPos-ning yangi yangilanishida biz veb-kabinetning ombor hisobini chuqur yuritish funksiyalarini yanada kengaytirdik va kassa terminallarida qonunchilik talablariga rioya qilish uchun muhim…

AliPos-dagi yangiliklar: Ombor uchun kengaytirilgan tarix, nimtalash dalolatnomasi va markirovkani tekshirish

AliPos-ning yangi yangilanishida biz veb-kabinetning ombor hisobini chuqur yuritish funksiyalarini yanada kengaytirdik va kassa terminallarida qonunchilik talablariga rioya qilish uchun muhim vositalarni qo‘shdik.

Reliz tafsilotlari bilan bo‘lishamiz.

Web: Qo‘shimcha tahlil va Nimtalash dalolatnomasi

Onlayn tashkilotlar uchun ombor hisobi



"Ombor" bo‘limida o‘tmishdagi harakatlarni ko‘rish funksiyasi qo‘shildi. Endi siz nafaqat joriy raqamlarni ko‘rasiz, balki tovarlar harakatini dinamikada tahlil qilishingiz mumkin:

  • Vaqt kesimidagi qoldiqlar: "Ombor -> Qoldiqlar" bo‘limida sana va vaqt bo‘yicha filtr paydo bo‘ldi. Siz o‘tgan kunning ma’lum bir vaqtida qancha mahsulot qoldig‘i bo‘lganini aniq bilib olishingiz mumkin.

  • Operatsiyalar tarixi: Kirimlar va inventarizatsiyalarning to‘liq tarixi ochildi.

Nimtalash dalolatnomasi



Butun mahsulotlarni (masalan, go‘sht yoki baliqni) mustaqil ravishda nimtalab, yarim tayyor mahsulotlar tayyorlaydigan muassasalar uchun yangi turdagi ombor hujjati — "Nimtalash dalolatnomasi" joriy etildi. Endi bu jarayon tizimda to‘g‘ri aks etadi: xomashyo hisobdan chiqariladi va olingan qismlar kirim qilinadi.

Integratsiyalarni boshqarish

Yangi "Integratsiyalar" bo‘limida siz texnik yordam xizmatiga murojaat qilmasdan, mustaqil ravishda API-kalitlarni yaratishingiz va ma’lumotlarni tashqi tizimlarga uzatishingiz mumkin.

Desktop: Barqarorlik va me’yorlarga rioya qilish

Markirovkani onlayn tekshirish



Endi kassa dasturi soliq qo‘mitasining sayti orqali real vaqt rejimida tovar holatini tekshira oladi: mahsulot aynan hozirgi vaqtda markirovka qilinishi kerakmi yoki yo‘qmi. Bu savdo paytidagi qonunbuzarlik xavfini kamaytiradi.

Sinxronizatsiyani optimallashtirish
Internetsiz uzoq vaqt ishlaganda yuzaga keladigan unumdorlik muammosini hal qildik. Ilgari, uzoq vaqt oflayn rejimda bo‘lgandan so‘ng, ma’lumot almashinuvi kompyuterni sekinlashtirishi mumkin edi. Endi bu jarayon optimallashtirildi — aloqa tiklanganda ma’lumotlar kassirga sezilmagan holda, silliq uzatiladi.

"O‘zi bilan" buyurtmalarida kontaktlar
Mijoz o‘zi olib ketadigan (samovivoz) buyurtmalar bilan ishlash qulayligi uchun, "O‘zi bilan" buyurtma kartochkasida mijozning telefon raqami darhol ko‘rinadigan bo‘ldi.

Yangilanish barcha AliPos foydalanuvchilari uchun allaqachon mavjud!

Barcha maqolalar

Keyingi smenangiz shu yerdan boshlanadi

AliPos’ni sinab ko‘ring — ilgari boshqacha ishlay olganingizga hayron qolasiz!

Ariza qoldiring: 15 daqiqada qo‘ng‘iroq qilamiz va kassani 1 kunda sozlab beramiz.

+998 55 704-99-991 kunda ishga tushirish

Demo oling — menyuni sozlashga yordam beramiz

Telefon raqamini to‘liq kiriting: +998 XX XXX-XX-XX

15 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilamiz

  1. 1Video
  2. 2Ariza
  3. 3Onlayn demo
Restoraningizda ham shunday ishlasinmi?