Yangiliklar · 19-may, 2026

AliPos yangilanishi: ABC-tahlil, bekor qilish sabablari, ombor

Ushbu yangilanishda biz quyidagilarni qo'shdik: yangi tahliliy modul, mavjud hisobotlarni kengaytirish va AliPos Web'da ma'lumotlarni boshqarish bo'yicha bir qator aniq takomillashtirishlar.…

AliPos yangilanishi: ABC-tahlil, bekor qilish sabablari, ombor

Ushbu yangilanishda biz quyidagilarni qo'shdik: yangi tahliliy modul, mavjud hisobotlarni kengaytirish va AliPos Web'da ma'lumotlarni boshqarish bo'yicha bir qator aniq takomillashtirishlar.

O'chirilgan ma'lumotlarni tiklash


Onlayn rejimda ishlaydigan muassasalar uchun endi o'chirilgan pozitsiyalarni: mahsulotlar, toifalar, masalliqlar, masalliqlar toifalari va xodimlarni tiklash imkoniyati mavjud. Tasodifan o'chirilgan ma'lumotlarni endi qaytadan kiritishga hojat yo'q.

ABC - tahlil


Statistika bo'limida yangi ABC - tahlil moduli paydo bo'ldi. U har bir mahsulotning tushumga qo'shgan hissasini baholash, menyu pozitsiyalarini sotish hajmi va talab barqarorligi bo'yicha guruhlash, shuningdek, narx belgilash va assortiment bo'yicha asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Modul Pro va Enterprise tariflarida mavjud.

Telegram-bot orqali bildirishnomalar — barcha tariflar uchun
Avvallari Telegram-bot orqali bildirishnomalar faqat ayrim tarif rejalari uchun mavjud edi. Endilikda muassasadagi muhim voqealar: yangi buyurtmalar, ombordagi o'zgarishlar, mijozlarning qarzdorliklari haqida tezkor xabarlarni istalgan tarif foydalanuvchilari olishlari mumkin.

Qoldiqlarni nazorat qilish: manfiy va minimal pozitsiyalar


"Qoldiqlar" sahifasida "Manfiy va minimal qoldiqlar" filtri qo'shildi. Uni yoqqanda, tizim faqat miqdori minimal chegaragacha tushgan yoki noldan past bo'lgan pozitsiyalarni ko'rsatadi. Muammoli pozitsiyalarni tezda vizual aniqlash uchun bunday qatorlar qizil rang bilan ajratib ko'rsatiladi.

Yangi modul: Buyurtmani bekor qilish sabablari


Bekor qilish sabablari bilan ishlash uchun alohida modul qo'shildi. Endi butun boshli buyurtma bekor qilinganda yoki alohida taom o'chirilganda, kassir oldindan sozlangan ro'yxatdan sababni tanlaydi va zarurat tug'ilganda izoh qoldiradi.
Har bir sabab uchun tizim harakatini sozlash mumkin: ombordan masalliqlarni hisobdan chiqarish (spisaniya) yoki yo'q. Agar hisobdan chiqarish yoqilgan bo'lsa, tizim avtomatik ravishda hisobdan chiqarish hujjatini shakllantiradi — qo'lda kiritish talab etilmaydi. Avtomatik hisobdan chiqarish funksiyasi onlayn-foydalanuvchilar uchun mavjud.
Barcha bekor qilingan pozitsiyalar sababi, ijrochi va buyurtma turi ko'rsatilgan holda yangilangan "Bekor qilishlar hisoboti"da qayd etiladi.

Barcha maqolalar

Keyingi smenangiz shu yerdan boshlanadi

AliPos’ni sinab ko‘ring — ilgari boshqacha ishlay olganingizga hayron qolasiz!

Ariza qoldiring: 15 daqiqada qo‘ng‘iroq qilamiz va kassani 1 kunda sozlab beramiz.

+998 55 704-99-991 kunda ishga tushirish

Demo oling — menyuni sozlashga yordam beramiz

Telefon raqamini to‘liq kiriting: +998 XX XXX-XX-XX

15 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilamiz

  1. 1Video
  2. 2Ariza
  3. 3Onlayn demo
Restoraningizda ham shunday ishlasinmi?