Yangiliklar · 12-may, 2026
AliPOS yangilanishi: yangi tranzaksiyalar mantiqiy tizimi va qarzni to'lash muddati
Tranzaksiyalarning yangi mantiqi Mijoz (klient) dasturining 1.9.0.0 va serverning 1.10.0.0 versiyasidan boshlab, smenalar bilan ishlashda tranzaksiyalarni hisobga olish mantiqi o'zgartirildi.…

Tranzaksiyalarning yangi mantiqi
Mijoz (klient) dasturining 1.9.0.0 va serverning 1.10.0.0 versiyasidan boshlab, smenalar bilan ishlashda tranzaksiyalarni hisobga olish mantiqi o'zgartirildi.
Endilikda smena yopilganidan so'ng, AliPOS uning doirasida amalga oshirilgan barcha to'lovlarni avtomatik ravishda guruhlaydi va quyidagi operatsiyalar uchun alohida kirim tranzaksiyalarini yaratadi:
-
Buyurtmalar to'lovi
-
Oldindan buyurtmalar uchun oldindan to'lov (avans)
-
Qarzlar to'lovi
Ushbu tranzaksiyalar dastur tomonidan foydalanuvchi qo'lda yaratadigan tranzaksiyalar, shuningdek, smenani ochishda ko'rsatilgan summa bilan bir qatorda kirim sifatida hisobga olinadi.
Shuningdek, xarajatlar mantiqi ham o'zgartirildi. Foydalanuvchi tomonidan qo'lda kiritiladigan xarajatlardan tashqari, smenani yopishda quyidagilar avtomatik ravishda hisobga olinadi:
-
Oldindan to'lovni (avansni) qaytarish
-
Agar buyurtma o'z smenasi yopilgandan so'ng qayta tiklangan bo'lsa, uni har qanday o'zgartirishda (to'liq yoki qisman bekor qilish) avtomatik ravishda "Buyurtmani to'g'rilash (−)" xarajat tranzaksiyasi yaratiladi va u joriy smenaga xarajat sifatida biriktiriladi.
❗Muhim: "Smenani yopish" tranzaksiyasi endi kirim hisoblanmaydi.
Endi "Kassa smenalari" bo'limida ushbu smena doirasida aynan qaysi buyurtmalar tiklangani va bekor qilingani ko'rinadi.

Qarzlar bo'yicha hisobot — to'lov muddati
Qarzlar moduliga to'lov muddatini — mijoz qarzni uzishi kerak bo'lgan sana va vaqtni ko'rsatish imkoniyati qo'shildi.

Buyurtmani qarz sifatida qayd etishda endi "To'lov muddati" maydonini to'ldirish mumkin. Shundan so'ng dastur qaysi mijozlar to'lovni necha kunga kechiktirayotganini avtomatik kuzatib boradi. Qarzni boshqarish bo'limida bu holat kechiktirilgan muddatning rangli indikatori orqali yaqqol ko'rsatiladi.
